So’ngi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va bu jarayonda xususiy mulkchilikka, hamda, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida xususiy sektor o’rnini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilib kelmoqda. Ayniqsa, xususiy mulkchilik va kichchik biznes sohasida nodavlat ta’lim muassasalarining o’rni sezilarli darajani tashkil etadi.
Shu sababdan ham bugun nodavlat ta’lim muassasalarini bir joyga jamlash hamda, ularning faoliyatini qonuniy muvoffiqlashtirish, qolaversa, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini himoya qilish ham dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
O’z faoliyatini boshlaganiga hali ko’p vaqt bo’lganiga qaramasdan bu borada ko’plab ishlarini amalga oshirib kelmoqda. NTMA va bir qancha ta’lim muassasalari orasida hamkorlik memarandumlari imzolanib kelinmoqda.
Jumaldan
2019 yil 7-avgust kuni O'zbekiston-Xitoy savdo assosiasiyasi (UXSA) va Nodavlat Ta'lim Muassasalari Assosiasiyasi (NTMA) o'rtasida “Hamkorlik memorandumi” ni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
So'nggi yillarda Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy salohiyati va tadbirkorlik borasidagi tajribalari jahon miqyosida ortib bormoqda. Shu sababli ham hali o'z faoliyatini endigina boshlaganiga qaramasdan, Nodavlat Ta'lim Muassasalari Assosiasiyasi o'z faoliyatini xalqaro darajalargacha kengaytirgan holda hamkorlik memorandumlarini imzolamoqda. Bu kelishuv albatta Assosiasiya tarkibidagi "Mashhura Ziyo" o'quv markazi va "Avlod21 Business Academy"lar faoliyatida ham o'zining ijobiy natijasini ko'rsatadi albatta
Assosiasiyamiz rahbari A.Yusupov Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, hamda mamlakatimizning chekka xududlarida ham yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasiga shoshilinch xizmat safariga ketganligi sababli bu memorandumni NTMA raisining birinchi o'rinbosari, Bobur Rasulov va O'zbek Xitoy savdo assosiasiyasi raisi King Chang o'rtasida imzolandi.
Tomonlarning hamkorligi qo'shma o'quv dasturlarini ishlab chiqish, o'zaro manfaatli mavzular bo'yicha kelishilgan biznes-treninglar, seminarlarni tashkil etish va o'tkazish, tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha o'quv dasturlarini ishlab chiqish, ushbu sohaga malakali kadrlar tayyorlash, shuningdek tajriba almashish orkali amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik va biznes bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlar uchun "Innovasion g'oyalar", "Startap g'oyalari" va "Yosh tadbirkorlar" kabi tanlovlar o'tkaziladi.
Hamkorlik biznes forumlarda, B2B formatidagi uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etish, ekspertlar maydonlarida o'zaro ishtirok etish, xorijiy ekspertlar va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlarni tashkil etish natijasida ta'minlanadi.