Yangiliklar

21.07.2019 16:34:32

Avlod21 biznes akademiyasi tashkil etilgan Master Klass qizg'in savol

Barchamizga ma’lumki, so’ngi yillarda yurtimizda har bir sohada keng ko’lamli islohotlar olib borilmoqda. Bu sohalar orasida, muhtaram yurtboshimiz shaxsan e’tibor qaratib, rivojlantirib borilayotgan sohalardan biri tadbirkorlikdir. Ayniqsa, yoshlarimizda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakillantirish, ularni bu faoliyat bilan shug’illanishlarini ta’minlab berish iqtisodiyotimizdagi real muammolarni hal qilishning eng samarali yo’lidir. Lekin ntan olib aytishimiz kerakki, bugungi kunda, mazkur soha rivojida ham sezilarli kamchiliklar uchirab turgani ma’lum. Bu muammolardan eng dolzarblaridan biri bu – yosh tadbirkorlarimizni o’qitadigan, o’zbek tilida amaliy bilimlar beriladigan o’quv dargohlarining juda kamligidadir. Respublikamiz mintaqasi va O’zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning ulushi bugungi kunga kelib, 60 foizni tashkil etayotganligini xisobga olib qaralganda bunday o’quv dargohlari deyarli yo’q desa ham bo’ladi.

photo_2019-08-28_19-42-54.jpg

Afsuski, bugun yoshlarimiz dunyo qarashida Oliygoh diplomi hayoti davomida juda ko’p narsalarni hal qilib beruvchi kalitdek bo’lib qolgan. Aynan shu sababli ham ko’plab yoshlarimiz qo’shni Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston kabi davlatlarga “imtihonsiz” qabul uchun aksariyat saviyasi past oliygohlarga o’qishga borayotganliklari va bu orqali ushbu davlatlar budjetiga valyutada pul o’tqazayotganliklari ham ochiq haqiqat va muammolardan biridir.
Shu va shu kabi muammolarni ko’rib, o’rganib tahlil qilib chiqqan holda, yagona bir yechim; Yoshlarni tadbirkorlikka o’qitish vas hu orqali davlatimiz iqtisodiyoti rivojiga va qolaversa, mamlakatimizning bugungi kunda jahon hamjamiyatida egallab turgan mavqeiga mos bo’lishini ta’minlamog’imiz zarurdir.
Shu maqsadda “Avlod21 Bussines Academy” – yoshlarni va yosh tadbirkorlarni tadbirkorlik asoslari bo’yicha o’qituvchi markaz o’z faoliyatini boshladi. Avlod21 Bussines Academy 2019 yil 12-may kuni rasman ochildi va qisqa muddat ichida yoshlarimiz va tadbirkorlarimiz e’tiboriga tushdi. Bugungi kungacha yigirmaga yaqin yurtimizda faoliyat olib borayotgan muvaffaqiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda, ularning bosib o’tgan yo’llari, mag’lubiyat va muvaffaqiyat omillarini yoshlar bilan bo’lishdilar. Ular orasida xalqimiz e’tiboriga tushgan tadbirkorlarimiz Xasan va Xusan Mamasaidovlar, Asaxiy.uz internet magazine asoschisi Feruz Allayev, “Alibazar” “Omadli Hoandon” “Euro-пол” loyihalari muallifi Alisher Avazov, ko’plab yosh tadbirkorlarga ustozlik qilib kelayotgan Miraziz Axmedov va shu kabi o’nlab tadbirkorlarimiz mavjud.

photo_2019-08-28_19-43-05.jpg

Avlod21 Bussines Academy o’z faoliyatini tizimli rivojlantirib brogan holda yaqin kelajakda yashlarimizga tadbirkorlik asoslarini o’rgatuvchi eng mukammal kadrlar tayyorlab beruvchi xususiy Oliy ta’lim muassasasi darajasiga ko’tarilish kabi ezgu maqsadlarni o’z oldiga qo’ygan.
Bundan tashqari, Avlod21 Bussines Academyda yosh tadbirkorlarimizga qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan kovorking xonalari, shinam ofislar ham tashkil qilingan. Yosh tadbirkorlarimiz aynan shu dargohda o’z bizneslarini yo’lga qo’yishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
Biznes akademiyamizga tashrif buyuring va bundanda ko’piroq ma’lumotlarga ega bo’ling!

“Avlod21 Bussines Academy”-Millionerlikka imkoniyatlar biz bilan!